Yangiliklar
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
24-sentabr kuni Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
8-turda terma jamoamiz yetakchilaridan biri — grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova dam olish imkoniyatiga ega bo‘lib, uchrashuvda ishtirok etmadi. Eslatib o‘tamiz, bir kun avval, 7-turda Gulruhbegim Sloveniya vakili Zala Urh ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston terma jamoasining 3,5:0,5 hisobidagi umumiy g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan edi.
Olimpiada yakuniga qadar yana 3 ta tur qoldi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaning yetakchi jamoalari qatorida kurashni davom ettirmoqda.
O‘zbek shaxmatining rivojini va Gulruhbegim Tohirjonovani qo‘llab-quvvatlab kelayotgan UzAuto Motors O‘zbekiston milliy terma jamoasiga hal qiluvchi turlarda omad, ishonchli o‘yin va yangi g‘alabalar tilaydi!
Olg‘a, O‘zbekiston!


