Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq “UzAuto Motors” AJning bir guruh xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, presslash tsexi ko‘prikli kran mashinisti Yuldashev Muxammadsobir Mirzaraximovich “Mehnat shuhrati” ordeni, bo‘yoqlash tsexi bo‘yoqchisi Boybuvayev Zokirjon Mirzajonovich hamda yig‘uv tsexi ustasi Turg‘unov To‘lqinjon Toshpo‘latovich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Shuningdek, korxonada mehnat faoliyati bilan o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.
UzAuto Motors jamoasi mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etadi. E’tirofingiz bardavom, yutuqlaringiz yanada ulkan bo‘lsin!


