Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors go‘yoki Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillarini boshlang‘ich to‘lovsiz taklif qilayotgani haqidagi videolar keng tarqaldi.
Alohida ta’kidlaymizki, ushbu yolg‘on xabarni tarqatgan sahifa muallifining kompaniyaga ham dilerlik tarmoqlariga ham umuman aloqasi yo‘q. Muallifning o‘zi ham navbatdagi chiqishida ma’lumotlar asossiz ekanini tan olib, rasman raddiya berdi.
Shu sababli, barchani ushbu videolardagi xabarlarga ishonmaslikka va muallifning raddiyasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz.
https://www.instagram.com/reel/DejbRfAIEFy/?utm_source=ig_web_copy_link&dlrf=MzRlODBiNWFlZA==&srtk=MzRlODBiNWFlZA==
Mazkur noto‘g‘ri xabarni tarqatgan OAV, bloger va kanal adminlaridan o‘z sahifalaridagi eski postlarni o‘chirishni yoki tuzatish kiritib, mamlakat aholisiga to‘g‘ri ma’lumotni yetkazishni so‘raymiz.
UzAuto Motors har doim ochiq va samimiy muloqotga tayyor. Biroq, noto'g'ri ma’lumot ekanligi haqida munosabat bildirilgandan keyin ham uni haqiqat deb tarqatishda davom etayotganlarga nisbatan kompaniya o‘z sha’ni va ishchanlik obro‘sini himoya qilishda huquqiy choralar ko‘rish uchun tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishini ta’kidlab o‘tadi.
Barcha jamoatchilik vakillaridan kompaniyamiz faoliyatiga oid har qanday axborotni e’lon qilishdan avval uni rasmiy manbalarimiz orqali qayta tekshirib olishlarini so‘rab qolamiz.