Yangiliklar

“UZAUTO MOTORS” RASMIY BAYONOTI
2021-11-20 22:12:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatishga majbur.

Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati og'ir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir necha bor xabar qilganmiz. (https://t.me/uzautomotorscom/1850)

Shu munosabat bilan, “Uzauto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi oʻz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘raydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qaygʻurib, qabul qilingan qarori yagona toʻgʻri qaror ekanligiga ishonadi.

Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlangan barcha mablagʻlar toʻliq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi

Bundan tashqari, yangi krossover sotib olish ehtiyojida boʻlgan xaridorlarimiz oʻz xohishiga koʻra, Chevrolet Captiva 5 avtomobili o‘rniga Chevrolet Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilishlari mumkin. Almashtirilgan avtomobillarni yetkazib berish muddati Chevrolet Captiva 5 uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, xaridorlarimizga yuqorida koʻrsatilgan muddat asosida Captiva 5 avtomobili oʻrniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqish taklif etiladi.