E'lon

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA
2023-05-15 22:08:28 E'lon
 
                          E'lon

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

XABARNOMA

Hurmatli aksiyadorlar!

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 4 apreldagi 176-sonli bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023 yil 31 may kuni 15:00 da o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida (Zoom platformasida) onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2023 yil 25 may holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reyestrga kiritilgan aksiyadorlar 2023 yil 31 may kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.

Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com

Kun tartibi:

1. "UzAuto Motors" AJ sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda ularning vakolat muddatini belgilash

2. "UzAuto Motors" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3. "UzAuto Motors" AJ aksiyadorlariga to‘lanadigan dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini belgilash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2023 yil 20 maydan 31 maygacha, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Telefon: 78 140-55-40 (3-1729#1731#,1732#)

"UzAuto Motors" AJ kuzatuv kengashi.