Yangiliklar

“UZAUTO MOTORS” AJ FUQAROLARNI INTERNETDAGI FIRIBGARLARGA ISHONMASLIKKA CHAQIRADI
2022-07-26 21:15:22 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar uchun UzAuto Motors kompaniyasining dilerlik aksiyasi nomi ostida o'tkazilgan sotsiologik so'rovlarda ishtirok etish bo'yicha takliflar paydo bo'ldi.

“UzAuto Motors” AJ ushbu jamoatchilik fikrini o’rganish bo’yicha so’rovlarga aloqasi yo’qligini rasman ma’lum qiladi.  

Bundan tashqari, ushbu Internet-aksiyasi firibgarlikning barcha belgilarini o'zida namoyon etadi. Ehtimol, kompaniya va xaridorlarga qarshi provokatsiya sifatida yaratilgan bo'lishi ham mumkin.

Kompaniya fuqarolarni so’rovda ishtirok etishda avtomobil va’da qilayotgan internet-firibgarlarining hiylalariga tushib qolmaslikka chaqiradi.

Bunday firibgarlik holatlari bo‘yicha biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘raymiz: +99878-141-77-77