Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ kompaniyaning ijtimoiy va korporativ boshqaruv, ekologik sohasidagi faoliyati yakunlari bo’yicha ESG hisobotini e’lon qildi. Bu kompaniyaning hamkorlar, mijozlar, aksiyadorlar va butun jamiyat oldidagi shaffoflilik va mas’uliyatda yana bir muhim qadam bo’ldi.
UzAuto Motors tizimli ravishda atrof-muhitga muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo’yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirib, ESG tamoyillariga sodiq. Kompaniya barqarorlik uning uzoq muddatli muvaffaqiyatining asosiy omili ekanligiga shubhasiz ishonadi. Hisobot barqaror rivojlanish strategiyasi, ekologik javobgarlik, kompaniya faoliyatining ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, korporativ madaniyat va kelajakdagi barqaror rivojlanish rejalari kabi keng ko’lamli tarkibiy qismlarni o’z ichiga olgan. Kompaniyaning ekologik strategiyasi issiqxona chiqindi gazlarini kamaytirish, resurslarni mas'uliyat bilan iste'mol qilish va chiqindilarni boshqarish, iqlim o'zgarishi bo'yicha hamkorlikni o'rnatish bo'yicha majburiyatlarni o'z ichiga oladi.
Amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida 2022 yilda ishlab chiqarish energiya resurslari sarfining tejalishi va atmosferaga chiqayotgan zararli moddalar chiqindilarini 2021 yilga nisbatan deyarli 60 foizga kamaytirish imkonini berdi. Bundan tashqari, UzAuto Motorsda chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash va atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishga qaratilgan mavjud tizimga amal qiladi. Tizimda General Motorsning metodlaridan foydalaniladi, jumladan qayta ishlanadigan, kompostlanadigan yoki biologik parchalanadigan materiallardan foydalanishni va oxir-oqibat kamroq chiqindilarga olib keladigan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Kelajak avlod uchun atrof-muhitni asrab-avaylash muhimligini anglagan holda UzAuto Motors kompaniyasi xodimlari Jizzax viloyatining cho'l hududida 100 ming daraxtdan iborat 100 gektardan ortiq maydonni egallagan yashil hudud barpo etishda ishtirok etdi. Aydar-Arnasoy tizimining ko‘llari qirg‘og‘ida joylashgan sun’iy o‘rmon parki dam olish kunlarida mahalliy aholi tabiat qo‘ynida hordiq oladigan jozibali turistik maskan bo‘ladi.
Kompaniya samarali boshqaruv tufayli mamlakatning eng yirik soliq toʻlovchilari qatoriga kirdi, uning byudjet va byujetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar hajmi Oʻzbekiston yillik byudjetining 5 foizidan ortigʻini tashkil etdi. Bundan tashqari, kompaniya ijtimoiy loyihalarni, jumladan, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi, “Andijon” futbol klubi va Xalqaro kinofestivalga homiylik qiladi, shuningdek, IT-akademiyasi, “Yozuvchilar ijod uyi” va ijtimoiy uy-joylar qurilishi, tarixiy obidalarni restavratsiya qilish kabi ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish hamda ta’mirlash va boshqa ko’plab ijtimoiy loyihalarni faol qo’llab-quvvatlamoqda.
Ko’plab ishlar qilindi, lekin hali ko’p ish qilish kerak. UzAuto Motors ekologik zararni kamaytirish, ijtimoiy mas’uliyat va faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yangi texnologiyalar va jarayonlarni joriy etish bilan barqaror rivojlanish yo’lida allaqachon katta qadamlar qo’ydi.