Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ xodimlari “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
2022-12-08 04:00:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan, davlatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Shu munosabat bilan avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan hamda ko‘p yillik samarali mehnat qilayotgan “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh xodimlari e’tirof etildi.

Bugun Asaka avtozavodida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda “Uzautosanoat” AJ boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari Abduvaqqos Rafiqov hamda ishlab chiqarish masalalari bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari Farhod To’rayev ishtirok etdi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng esdalik nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi, jumladan, Global xarid qilish boshqarmasi Dildora Axmadaliyeva, Yayvandlash sexi payvandchisi Azamat Eshmurodov va Yig’uv sexi xodimi Isomiddin Mamadinovlar  “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Butun jamoa hamda rahbariyat “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha xodimlarni chin dildan samimiy muborakbod etadi. Ularga  mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvafaqqiyatlar hamda avtomobilsozlik sohasi rivojlanishi yo’lida olib borayotgan faoliyatlarida omadlar tilaydi.