Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filialida Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
2023-12-08 14:02:59 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Tadbirda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich boshchiligida mehmonlar tashrif buyurishdi.

Tadbir boshida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

 

 

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha ishchi xodimlarni tabriklab, yangi Konstitutsiya, undagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, yangilangan Konstitutsiyada partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatiga xizmat qiladigan bir qancha yangi normalar aks etganligi ham aytib o‘tildi.

Bosh qomusimizda mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi mustahkamlandi. Mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlandi. Bu iqtisodiyot barqaror o‘sishi, farovon hayotimiz tayanchi hisoblangan tadbirkor va ishbilarmonlarimizning erkin faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratadi.

Tadbir yakunida korxonamizdagi bir guruh partiya faollariga partiyaning tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg'alar tarqatildi.

 

 

Yig'ilish yakunida filial boshqaruvchi direktori Jumaniyazov Sabir Matkarimovich barcha xodimlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati tabrikladi va mehmonlarga tashrifi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

 

Shundan keyin mehmonlarni korxonamiz ish faoliyati bilan tanishtirish maqsadida ishlab chiqarish sexlari bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi. Boshqaruvchi direktor mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

 

 

 

 

Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJda “8-dekabr – konstitutsiya kuni”ga bag‘ishlab “Vodiy quiz” intellektua
2023-12-08 14:06:56 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Asaka avtozavodida “8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayramiga bag‘ishlab, xodimlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “Vodiy Quiz” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Unda 8 nafar xodimdan tashkil topgan  29 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashishdi.

Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish bilan birga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha moddalari bo‘yicha test savollari tayyorlanib, xodimlarning bilim va tushunchalari sinovdan o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali ishchi-xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashdan iboratdir”– deydi, “UzAuto Motors” AJ Ijrochi direktor o‘rinbosari Anvarjon Xasanov.

“Materiallar xaridi” bo‘limi xodimlaridan tashkil topgan “Direct” jamoasi birinchi, “Buxgalteriya xizmati” xodimlari jamlangan “Forward” jamoasi ikkinchi, “Global ta’minot tizimi” boshqarmasi xodimlaridan tashkil etilgan “Follow_up” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

 

 

 

Qolaversa, ushbu bellashuvdan tashqari, ishchi-xodimlar o‘rtasida Konstitutsiyaga oid savollardan tashkil topgan  sovrinli viktorina o‘tkazildi.

Tadbir so‘nggida jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida madaniyat uyi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.