Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida korrupsiyaga qarshi ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi
2024-12-07 10:11:18 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJning Asaka zavodida “9-dekabr - “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

 

zAuto Motors AJ

Unda Andijon viloyati Asaka tumani prokurori o‘rinbosari N.Odilov, tuman Adliya bo‘lim boshlig‘i I.Ergashev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Asaka tumani bo‘limi vakillari, mahallalar fuqarolar yig‘ini raislari, “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori Bo Andersson, Komplayens xizmati boshqarma boshlig‘i D.Bahromov, shuningdek, jamiyatning rahbar va ishchi-xodimlari bilan bir qator oliy taʼlim muassasasi talaba-yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

UzAuto Motors AJ

Tadbir avvalida, “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori Bo Andersson kompaniya jamoasi va keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. U kompaniya korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha pozitsiyasi haqida so‘zlab berib, korrupsiyaviy va har qanday tarzdagi qonun buzilishi holatlari haqida maʼlumotga ega yoki ularga qarshi kurashish va bartaraf etish bo‘yicha taklifga ega shaxslarni kompaniya aloqa kanallari orqali xabar berishga chaqirdi.

UzAuto Motors AJ

Shundan so‘ng, “UzAuto Motors” AJ Komplayens xizmati xodimi A. Mirzabekov so‘zga chiqdi va kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, kompaniyaning barcha xodimlari Komplayens siyosatlari, uslubiyot, yo‘riqnomalar bo‘yicha o‘qitish ishlari muntazam davom ettirilayotganligini taʼkidlab o‘tdi. Bundan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va bartaraf etish tartibi, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq maʼmuriy tizimni shakllantirish maqsadida deklaratsiyalar, xabarnomalar va reyestr yuritish ishlarining raqamlashtirilganligi haqida ham so‘zlab o‘tdi.

UzAuto Motors AJ

Tadbir davomida Andijon viloyatining huquq-tartibot idoralari vakillari so‘zga chiqib, bu yo‘lda amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Asaka tumani prokurori o‘rinbosari N.Odilov korrupsiyaviy omillarni kamaytirishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga qaratilgan yutuqlarni taʼkidladi.

UzAuto Motors AJ

Ishtirokchilar tomonidan “UzAuto Motors” AJda 2024 yilning 11 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga sarhisob qilindi. Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uning jamiyatga taʼsiri haqida tushuntirishlar berildi.

UzAuto Motors AJ

Tadbirning so‘nggi qismida qatnashchilar uchun avtomobil zavodi hududiga ekskursiya tashkil etildi. Avtomobil ishlab chiqarish jarayoni yaqindan tanishtirildi.