Yangiliklar

Bir xodim tarixi. Shohruxbek Rustamov: Muhandislikni san’atga qiyoslayman!
2023-08-15 21:46:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors jamoasining yosh va shijoatli muhandissi Shohruxbek Rustamov o’z faoliyatini 2019-yilda Texnologiya va Texnik xizmat ko’rsatish direksiyasi Asbobsozlik uchastkasining muhandis loyihachi bo’lib boshlagan. Ukrainaning yetakchi universiteti- V.N. Karazin nomidagi Xarkov Milliy universitetining transport vositalarida avtomatika va avtomatizatsiya yo’nalishini tamomlagan. Sohaning yetuk mutaxassisi bo’lib, Vatan ravnaqi yo’lida hissasini qo’shish maqsadida UzAuto Motors kompaniyasiga ishga kiradi. Jamoaga yangi qo’shilgan bo’lsada o’zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi bilan hamkasblari orasida o’z o’rni va hurmatga sazovor bo’ldi. Zavoddagi ishlab chiqarishlarda uzilishlar bo’lmasligini ta’minlash uning asosiy vazifasidir.

 

“Bizning uchastka tsex ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatuvchi tsex bo’lib, nosoz holga kelgan jihozlar yoki moslamalarni soz holatga keltirish, yangi uskunalar tayyorlab, ishlab chiqarishda yo’lga qo’yadi” – deydi. Bunda Shohruhbek Rustamov yangi loyihalarni yaratish, tayyor holatga keltirib, ishlab chiqarish jarayoniga topshirish, shuningdek amaldagi loyihalarni takomillashtirishga mas’ul.

Kompaniyada ish faoliyatini boshlaganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da bir nechta lohiyalarda qatnashib korxona rivoji, ravnaqi yo’lida salmoqli hissa qo’shib kelmoqda. Xususan, SKD Cobalt avtomobili karkasi va Spark avtomobillari karkasi 1-naʼmunalarini (prototip) yaratib test sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan. 2020-yilda import detallarini mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida UzAuto Motors Xorazm filiali liniyalari uchun 2 xil o‘lchamlarda BLANKING DIE lar shtamplar tayyorlab muvaffaqiyatli topshirgan. 2021-yilda SKD sifatidagi avtomobillar eksportini oshishi natijasida asbobsozlik tsexi tomonidan detallar yetkazib berilishini tezlashtirish uchun tayyorlangan va Asbobsozlik, Presslash-1 tsexlarida foydalanilayotgan o‘nlab shtamplar muallifi hisoblanadi. 2022-yildan boshlab esa korxonada “AutoCAD” konstruktorlik dasturini ishga tushirish zarur bo`lgan bo`limlarga o`rgatish bo’yicha mas’ul mutaxassis bo’lib, bo borada maxsus traininglar o’tib kelmoqda.

 

Mutaxassisimiz ishini yoqtirgan jihati haqida gapirar ekan, u muhandislikni san’atga qiyoslaydi. U bilan chambarchas bog’liq deb biladi. “Yaratayotgan loyihalarimda avval qo’llamagan uslublardan foydalanishga harakat qilaman, yangilik yarataman.”- deydi u.

Shohruxbek Rustamov elektriklik, programmistlik, texnikalar va mexatronikaga qiziqishi sabab, bo’sh vaqtida ham sohadan yiroqlashmay, o’z ustida ishlaydi. U “bo’sh vaqtimda boshqa zavodlarda qo’llanilayotgan texnologiyalarni o’rganishni yaxshi ko’raman” – deydi. Ayni kunlarda elektrovelosiped yasash bilan shug’ullanayotganligini ta’kidlaydi.