Yangiliklar
ERP/CRM SAP tizimiga bosichma-bosqich o‘tish orqali kompaniyaning biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish boshlandi.
SAP texnologiyalaridan foydalanish murakkab biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ishlab chiqarish, sotish, kadrlar bilan ishlash va bugalteriya hisobini rejalashtirishni to‘liq avtomatlashtirishni taʼminlaydi.
UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarining tadbiq etilishi eng avvalo, inson omili taʼsirisiz avtomobillar savdosining shaffofligini taʼminlaydi. Ushbu jarayon yakunlanmagunga qadar, Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha to‘xtatildi.
Shu bilan birga, bunga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi. Yangi tizimning joriy etilishi mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish vaqtiga taʼsir qilmaydi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun kompaniya o‘z mijozlaridan samimiy uzr so‘raydi va xaridorlarining tushunishini chin dildan umid qilib qoladi.