Yangiliklar

"UzAuto Motors" Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili sotuvi sanasini ma'lum qiladi
2022-05-24 07:32:26 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJ o'z rasmiy saytida Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili sotuvining start olish sanasiga rasman teskari sanoqni boshladi.

Kompaniya Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanishiga 100 kun qolganligini rasman ma’lum qiladi.

Joriy yilning 30 avgust sanasidan boshlab yangi avlod Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobilini xarid qilishingiz mumkin. 

Avval xabar berilganidek, "UzAuto Motors" AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. 

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻpfunksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko’tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o'rindig'i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.