Yangiliklar
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning navbatdagi ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda. Kompaniya yaqin fursatlarda ushbu avtomobillarning yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.
2022-yilning avgustida xabar qilinganidek, 2023 yilning II choragidan yangi modifikatsiyalarni ishlab chiqish boshlanadi. Tez orada Chevrolet vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining oldingi komplektatsiyalariga qo‘shimcha ravishda, Premier Plus hamda Redline komplektatsiyalari sotuvga chiqariladi.
Chevrolet avtomobil modellari Redline komplektatsiyasi bilan taniqli boʻlishga ulgurgan, endilikda Asaka zavodida ishlab chiqarilgan Tracker va Onix modellari yangi opsiyalar bilan jihozlanib, avtomobil ishqibozlariga qo'shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadi.
Quyidagi asosiy opsiyalar Chevrolet Tracker va Onix Redline avtomobillari uchun qoʻshildi:
Chevrolet Tracker Redline
- Haydovchi o'rindig'ining 6 yo'nalishda elektr sozlanishi;
- Charm qoplamali rul isitish tizimi;
- Old va orqa o'rindiqlarni isitish tizimi (o'rindiqlar va orqa suyanish joyi);
- Old oynaning dvorniklar zonasini isitish tizimi;
- Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
- Dvigatel karteri himoyasi;
- Radiator uchun qora panjara;
- 17 dyuymli qora rangdagi qizil chiziq bilan qotishma disklar.
Old va orqa o'rindiqlarni isitish (o'rindiqlar va orqa o'rindiqlar)
Old oyna tozalagichlar maydonini isitish
Chevrolet Onix Redline
- Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
- Dvigatel karteri himoyasi;
- Radiator uchun qora panjara;
- 6 dyuymli qora rangdagi qizil chiziq bilan qotishma disklar;
- Isitish tizimiga ega orqa tomonni ko'rishga mo'ljallangan yon oynalar.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining tanish komplektatsiyalarida boʻlgan barcha asosiy opsiyalariga qo'shimcha ravishda, Plus komplektatsiya quyidagi qo'shimcha opsiyalar bilan jihozlanadi::
Isitish bilan tashqi yon nometall
Chevrolet Tracker Plus komplektatsiya
- Haydovchi o'rindig'ining 6 yo'nalishda elektr sozlanishi;
- Charm qoplamali rul isitish tizimi;
- Korpus rangi bilan mos xrom chiziqli tashqi eshik tutqichlari;
- Old va orqa o'rindiqlarni isitish tizimi (o'rindiqlar va orqa suyanuvchi joyi);
- Old oynaning dvorniklar qismini isitish tizimi;
- Orqa tomonni ko'rish uchun isitgichli tashqi yon oynalar;
- Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
- Generator 130A (100A o'rniga);
- Dvigatel karteri himoyasi;
- Tortish ilgagi.
Haydovchi o'rindig'ini 6 yo'nalishda elektr bilan sozlash
Dvigatel karterini himoyasi
Chevrolet Onix Plus:
- Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
- Dvigatel karteri himoyasi;
- Old va orqa o'rindiqlarni isitish tizimi (o'rindiqlar va orqa suyanish joyi);
- Charm qoplamali rul isitish bilan;
- Generator 130A.
Chevrolet Tracker va Onix komplektatsiyalarining hamda Primier’dagi mavjud boshlangʻich opsiyalarni eslatib oʻtamiz:
• LED yoritgichli kunduzi ishlaydigan chiroqlar;
• Ergonomik o'rindiqlar;
• 1,2 l, 190Nm aylanma harakatdagi va 132 ot kuchiga egazamonaviy CSS Prime uch silindrli Turbo dvigatel;
• 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi;
• Aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo’lda harakatlanishda - 5.6 l/100 km;
• Past tezlikda avtomatik tormozlash tizimi (yo'lda to'siqlar bo'lsa);
• Ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi;
• favqulodda faol tormozlash;
• Yo'lda to‘siqlar haqida ogohlantirish;
• Oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish;
• 6 ta xavfsizlik yostiqchasi;
• Yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
• Haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
• Kruiz-kontrol;
• Salonga kalitsiz kirish va dvigatelni ishga tushirish tizimi;
• Charm qoplamali 3 spitssali rul;
• Eko-charm/vinil qoplamali o‘rindiqlar
• Yomg'ir datchigi;
• Simsiz zaryadlash;
• 8 dyumli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlayva Android Auto bilan mos keladigan).
Kompaniya Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarining bundan oldingi komplektatsiyasini sotib olishdagi avval tuzilgan shartnomalar bo'yicha majburiyatlar o'zgarishsiz qolishini ma’lum qiladi.
Tez orada UzAvto Motors’ning rasmiy sahifalarida qo‘shimcha opsiyalarga ega yangi komplektatsiyalar bo‘yicha yangi shartnoma shartlari e’lon qilinadi.
Batafsil ma'lumotni +99878 141 7777 raqami orqali hamda "UzAuto Motors" kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida olish mumkin.
UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.
Chevrolet Tracker Redline
Chevrolet Tracker Redline
Chevrolet Onix Redline
Chevrolet Tracker Redline