Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifi davom etmoqda
2025-05-16 15:51:37 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifining ikkinchi kuni doirasida “Azermash CP” MChJ QK avtomobil zavodiga tashrif amalga oshirildi.

Delegatsiya a’zolari “Azermash CP” MChJ QK avtomobil korxonasi ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud texnologik jihozlar, sifat nazorati tizimi hamda avtomobil yig‘ish jarayonlari bilan tanishishdi. Suhbat jarayonida zavod rahbariyati tomonidan korxonaning yillik hajmlari, mavjud modellari, ishchi xodimlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Tashrif davomida Ozarbayjon bozorida “UzAuto Motors” AJ mahsulotlariga bo‘lgan talab, avtoservis tarmog‘i imkoniyatlari hamda ehtiyot qismlar bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, muhandislik sohasida tajriba almashinuvi va bozor ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.