Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ Gruziyaga navbatdagi Chevrolet Cobalt va Tracker avtomobillar partiyasini yubordi.
Avtomobillar 2024-yilning 25-sentabr kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida ochilishi kutilayotgan Strada Motors rasmiy dileriga yetkazib beriladi. Oʻzining yuqori sifati va hamyonbopligi bilan tanilgan, zamonaviy hamda ishonchli avtomobillarni taklif etadigan avtosalonning ochilishi Gruziyadagi Chevrolet ixlosmandlari uchun muhim voqea boʻlishi kutilmoqda.
“UzAuto Motors” AJ hamda Strada Motors o‘rtasidagi hamkorlik mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bilan birga ularni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek, Chevrolet brendining Gruziya bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.