Yangiliklar
UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon yo‘q.
Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz firibgarlik bilan bog‘liq holatlar yoki boshqa bir nomaqbul harakatlar uchun foydalanilishi mumkin. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi