Yangiliklar

Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq!
2021-12-08 03:52:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” Aksiyadorlik jamiyatida “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida Komplayens-nazorat xizmati tomonidan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Ma’lumki, bugungi kunda korrupsiya muammosi biznes sohasiga xavf tug‘dirib, uning har tomonlama xavfsizligiga, rivojiga va istiqboliga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Shuning uchun, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir rahbar va xodimning o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishida ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lishi juda muhimdir.  

Shu sababdan, ishtirokchilar bilan odob-axloq va Komplayens Kodeksi, kompaniya siyosati va tartib-qoidalarini interaktiv ravishda o‘rgatish, korrupsiyaviy holatga tushganida xavfni to‘g‘ri baholash ko‘nikmalarini, korrupsiyaga qarshi immunitet va psixologik barqarorlik darajasini baholash maqsadida maxsus trening o‘tkazildi. 

Xususan, “Sovg‘alar” deb nomlangan treningda ishtirokchilarga quyidagi savollar berildi:

– Sovg’a olishga haqlimisiz? Agar haqli bo’lsangiz qanday sovg’ani kimdan olishga

– Qanday hollarda sovg’ani rad etish kerak?

– Sovg’a qanday his-tuyg’ularni uyg’otadi va undan evaziga nimani kutishlari mumkin? 

Trening qatnashchilari ushbu savollarga mavjud xatarlarni tahlil qilgan holda  javob berishdi. Muloqot davomida yangidan tashkil etilgan Komplayens-nazorat xizmati haqida ham atroflicha so‘z yuritildi. 

Davra suhbati ishtirokchilari mazkur tuzilma zimmasidagi korrupsiya holatlari yuzaga kelishini oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi muhim vazifalarni bajarishdagi mas’uliyatlari bo’yicha alohida ta’kidlab o’tishdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish –– har bir xodimning burchidir”, deb ta’kidlashdi trening ishtirokchilari.