Yangiliklar

“UZAUTO MOTORS” XODIMLAR UCHUN TRENING O‘TKAZDI
2021-11-09 22:55:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“On job training” dasturi – xodimlar boshqaruvi direksiyasi tashabbusi bo‘lib, kompaniyada faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan. 

«UzAuto Motors» AJda doimo xodimlarning rivojlanishi, barcha sohalarda bilimini shakllantirish uchun katta eʼtibor beriladi.

Ushbu dastur kompaniyaning ishchilari shuningdek, Toshkent ofisidagi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. O‘tgan haftada Toshkent ofisining bir nechta xodimlari Asaka shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida haftalik treningni o‘tishdi. Zavodda trening mashg‘ulotlari texnika xavfsizligiga oid film namoyishi bilan boshlandi.

Trening haftaligi davomida ishtirokchilar kompaniya tarixi, ishlab chiqarilgan avtomobil modellari shuningdek, hozirda ishlab turgan sexlar va liniyalar faoliyati bilan tanishishdi.

Treningning asosiy mavzusi – texnika xavfsizligi talabiga rioga qilgan holda, xavfsiz ishni tashkil qilishdir. Shuningdek, trening qatnashchilari ishlab chiqarishdagi jarayonlar ketma-ketligi bilan tanishishdi.

“On job training” dasturini o‘tgandan so‘ng, ushbu xodimlar bir nechta ishlab chiqarish obyektlarida ishlashadi. Dastur ularga ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lishga yordam beradi.

“UzAuto Motors”da yosh mutaxassislar xodimlar sonining 45 %ini, yaʼni 4981 nafarni tashkil etadi.

Har yili barcha ishchilar ishlab chiqarishni tizimlashtirish bo‘yicha o‘qitiladi shuningdek, 5 000 nafar xodim mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshiradi.

Bugungi kunda, 80 dan ortiq malakali xodimlar oliy o‘quv yurtida to‘lov shartnoma asosida tahsil olishmoqda.

10 nafarga yaqin xodimlarimiz chet elda o‘qishmoqda. Dasturni o‘tishgandan so‘ng, ular doktorlik unvonini, magistr va bakalavr darajasini olishadi.

Malakali kadrlar har doim har qanday zamonaviy kompaniya rivojlanishining asosiy omili bo‘lib kelgan. “UzAuto Motors” “On job training” dasturi natijalariga katta umid bilan qaraydi.