Yangiliklar

UzAuto Motors Sizni dilerlik markazlarida kutmoqda!
2022-03-05 03:56:15 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugungi kunga kelib, UzAuto Motors ning barcha avtomobil modellari uchun dilerlik markazlarida shartnoma tuzish imkoniyatiga egasiz.

Chevrolet Nexia avtomobilini yaqin kunlar ichida, Cobalt avtomobilini esa keyingi oyda olish mumkinligini  alohida ta’kidlab o’tamiz.

Bundan tashqari, kompaniya iste’molchilarga qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida, ommaviy segment modellarida jismoniy shaxslar uchun oldindan to’lov foizini 85 foizdan 50 foizga pasaytirdi. Misol uchun, Chevrolet Cobalt A/T rusumli avtomobilni 126,9 million so‘mga sotib olayotganda oldindan to‘lov 107,8 million so‘mni tashkil qilgandi. Yangi shartlarga ko‘ra, oldindan to‘lov 63,4 million so‘mgacha kamayadi.

Shuningdek, shartnomada avtomobilni yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda xaridorga kompensatsiya to'lanishi haqida band nazarda tutilgan.

*Avtomobil sotib olishdagi yangi shartlar faqatgina 3-mart sanasidan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun amal qiladi.