Yangiliklar

UzAuto Motors’da bayram munosabati bilan bir qator xodimlar taqdirlandi
2023-09-01 02:10:58 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan UzAuto Motors Asaka avtozavodida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori Bo Andersson kirish so’zi bilan ochib berib, ko’p ming sonli zavod jamoasini O’zbekiston Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi bilan qutladi.

Shuningdek, tadbir davomida avtomobilsozlik sanoatini yuksaltirish yo’lida korxonada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar munosib rag'batlantirildi. Xizmatlarini e’tirof etgan holda, faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

 

Bundan tashqari, korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi mustaqillik bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan korxonaning Ishlab chiqarish boshqarmasi 2-payvandlash tsexi ustasi Masaliddin Shomurodovni ushbu unvonga munosib ko’rilganli bilan samimiy qutlab, sharafli ayni paytda mas’uliyatli faoliyatida zafarlar tilashdi.