Yangiliklar
“O’zavtosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi asosiy kompaniyalardan biri – “UzAuto Motors” O’zbekistonning eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo’lib, dunyodagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan yuqori malakali xalqaro mutaxassislarni jalb qilish bo’yicha faol siyosat olib bormoqda.
Shunday qilib, ayni paytda UzAuto Motors’ning 5 asosiy yo’nalishini yuqori tajribaga ega xalqaro ekspatlar boshqaradi.
Aaron Deyl Johns
"UzAuto Motors" ijrochi direktorining ta’minot tizimi va logistika bo’yicha o’rinbosari.
Aaron Deyl Jons avtomobilsozlik sohasida qariyb yarim asrlik tajribaga ega, u o’z faoliyatini 1976 yilda eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi General Motorsda boshlagan. Ishlab chiqarish bo'limdan.
Faoliyatining turli davrlarida Aaron Jons General Motors kompaniyaning top-menejmentida asosiy o’rinlarni egallagan, u ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish jarayonlarining bevosita ishtirokchisi bo'lgan.
U General Motors korporatsiyasidagi ko'p yillik faoliyati davomida ishlab chiqarish texnologiyalari bo’yicha direktor, sifat va yetkazib beruvchilarni sifati bo’yicha direktor shuningdek, xalqaro ta’minot zanjiri operatsiyalari, ishlab chiqarish va global ta’minot bo’yicha direktor bo’lib ishlagan.
Joriy yilda Aaron Jons UzAuto Motors kompaniyasiga taʼminot zanjiri va logistika yo’nalishlarini samarali boshqarish maqsadida taʼminot tizimi va logistika boʻyicha ijrochi direktor oʻrinbosari sifatida jalb etildi.
Deepak Kumar Singh
UzAuto Motors kompaniyasining yetkazib beruvchilar sifati bo'yicha maslahatchisi
Deepak Kumar avtomobilsozlik sanoatidagi butun faoliyati davomida General Motors kompaniyasida sifat va yetkazib beruvchilarni rivojlantirish sohasida ishlagan.
Turli yillar davomida u yetkazib beruvchilar sifati bo’yicha muhandis lavozimida ishlagan, shuningdek General Motors kompaniyasining Hindiston va Shimoliy Amerikadagi global xarid strategiyasi muhandisi lavozimlarida ishlagan.
Bugungi kunda Deepak Kumar Singh "UzAuto Motors" yetkazib beruvchilarining sifati bo’yicha maslahatchi lavozimini egallaydi. U "UzAuto Motors" zavodi uchun komlektatsiya yetkazib beruvchilarining mahalliy tarmog'ini rivojlantirish bilan shug’ullanadi.
Oh Kangse
Mashinasozlik va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha maslahatchi.
Oh Kangse avtomobillarni ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sohasida 40 yildan ortiq tajribaga ega. Ko’p yillik faoliyati davomida Oh Kangse dunyoning ko’plab yirik kompaniyalarining ishlab chiqarishini loyihalash sohasining yetakchi mutaxassisiga aylandi.
O’z faoliyatini Hyundai Motors(Koreya) kompaniyasining muhandis-texnoglikdan boshlagach, Oh Kangse bir qator lavozimlarda, jumladan Samsung Motors (Koreya) kompaniyasining ishlab chiqarishni loyihalash va sifat nazorati bo'yicha direktori, Sewon Precision Ltd kompaniyasining texnik direktori, shuningdek EINS Automation, Ltd. (Tailand) sanoat uskunalarini ishlab chiqarish kompaniyasining vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Hozirda Oh Kangse “UzAuto Motors” kompaniyasining Mashinasozlik va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Jaecheol Park
"UzAuto Motors" AJ xalqaro ishlab chiqarish tizimlari bo'yicha ekspert.
Dunyo bo'yicha yirik korxonalarda 37 yillik mehnat tajribasiga ega. Faoliyati davomida Jaecheol Park Xitoy, Koreya, Hindiston, Tailand, Avstraliya va O'zbekistonning 26 ta avtomobil va quvvat agregatlari zavodlarida GM GMS global ishlab chiqarish tizimini o'qitish va tekshirish ishlarini amalga oshirdi. Bundan tashqari, u bir qator korxonalarning sifat darajasini BIQ4 xalqaro darajasiga ko’tarishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Shuningdek, Jaecheol Park O'zbekistondagi UzAuto Motors Powertrain zavodida CSS Prime yangi avlod dvigatellari ishlab chiqarishni ishga tushirishda, Asaka va Pitnakdagi UzAuto Motors zavodlarida BIQ4 ishlab chiqarish sifati sertifikatini olishda faol ishtirok etdi.
Mixail Semenixin
O'zbekiston va eksport bozorlarida Chevrolet brendi dilerlik tarmog'i, marketing, PRni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i.
MDH va xorij mamlakatlaridagi eng yirik kompaniyalarda brend, dilerlik tarmog'i va sotuvni rivojlantirish bo'yicha 30 yildan ortiq tajribaga ega. Mixail Semenixin faoliyatining 23 yilini Volkswagen Group korporatsiyasining savdo tarmog'ini, shuningdek Bosch-Siemens Hausgeräte GmbH xalqaro kompaniyasini rivojlantirishga bag'ishlagan.
Joriy yilning iyun oyidan boshlab Mixail Semenixin UzAuto Motors kompaniyasida O'zbekiston va eksport bozorlarida Chevrolet brendi dilerlik tarmog'i, marketing, PRni rivojlantirish bo'yicha boshqarmasi rahbari lavozimini egallab kelmoqda. U kelgusida kompaniyada ushbu yo'nalishlar bo'yicha yetakchi xalqaro amaliyotlarni joriy etadi.