Yangiliklar

Oʻzavtosanoat jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni o‘ziga xos tarzda nishonlamoqda. Kompaniyamiz xodimlari har juma kuni ishga milliy liboslarda tashrif buyurib, ularning kundalik hayotimizda tutgan o'rnini ifoda etmoqda.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat ichki korporativ muhitda ijobiy kayfiyat va birlikni mustahkamlashga, balki milliy madaniyatimizni kundalik hayotda ham aks ettirishga xizmat qiladi.