Yangiliklar
2022-yil avgust oyida “Uzavtosanoat” AJ va “UzAuto Motors” AJ ACCAning akkreditatsiyadan oʻtgan ish beruvchi maqomini oldi va hamkoriga aylandi. Ushbu maqom kompaniyaning MHXS (Moliya hisobotlari xalqaro standartlari)ga muvofiq moliya, tahlil va buxgalteriya hisobi sohasidagi mutaxassislarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari va investitsiyalarini namoyish etadi.
Ayni paytda “Uzavtosanoat” tuzilmasi korxonalarida ACCA, CFA, CFI, CMA, CGMA va CPA kabi xalqaro dasturlar doirasida moliya mutaxassislari malakasini oshirish dasturi mavjud. Yetakchi xalqaro dasturlar boʻyicha oʻqitish va sertifikatlash imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish hamda topshirish uchun xodimlarga 9 kungacha haq toʻlanadigan taʼtillar taqdim etilgan holda kompaniyalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hozirda “Uzavtosanoat”ning 40ga yaqin xodimlari ACCA malaka oshirish jarayonida imtihondan oʻtishmoqda. Shuningdek, soha rahbariyatining qoʻllab-quvvatlashi tufayli, MHXSga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hukumat qarorlariga (2020-yil 24-fevraldagi PQ 4611-sonli) muvofiq “Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” kompaniyasi tegishli me’yoriy hujjatlarni tayyorlashga hamda moliyaviy mutaxassislar uchun tizimli treninglar oʻtkazish uchun ruxsat olishga muvaffaq boʻldi.
Olingan bilim va malakalar moliyaviy mutaxassislarga kompaniyaning iqtisodiy barqarorligi uchun zarur boʻlgan MHXS boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliyaviy tahlil va nazorat, shuningdek, korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlarni malakali joriy etishga yordam beradi.
Egallangan koʻnikmalarni qoʻllashga misol tariqasida “Uzavtosanoat” AJda MXHSni joriy etish boʻlimi tomonidan “Wisdom Advisory” MCHJ koʻmagida 2019-2020-yillar uchun holding konsolidatsiyalangan moliyaviy hisoboti tayyorlaganini keltirish mumkin. Bu esa NAS standartlaridan MHXSga koʻproq hisobotlarga oʻtishni talab qildi va tarmoqning 40dan ortiq tarkibiy korxonalari “Deloitte & Touche” MChJdan auditorlik xulosasini olishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan birga, 2021-yil uchun hisobot ichki resurslar tomonidan tayyorlandi, bu kompaniyaga uchinchi tomon maslahatchilari xizmatlari uchun katta xarajatlardan qochish imkonini berdi. Ushbu misol tashkilotlar uchun xodimlarni rivojlantirishga sarmoya kiritish uchun ragʻbat boʻlishi kerak.
Bundan tashqari, “UzAuto Motors” AJ SAP tizimida MXHS asosidagi buxgalteriya hisobiga oʻtish yoʻlida, shuningdek, qimmatli qogʻozlarni respublika va xalqaro fond birjalarida (IPO) dastlabki joylashtirishga faol tayyorgarlik koʻrmoqda.
ACCA tomonidan tasdiqlangan ish beruvchi maqomi “Uzavtosanoat” AJ xodimlarining salohiyatini rivojlantirishning muhimligini tushunishini va ularning malakasini oshirish hamda kasb koʻnikmalarini oʻstirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishini tasdiqlaydi. Kompaniya hozirda xodimlarni rivojlantirishdan, shuningdek, moliya va MHXS sohasida oʻsishni xohlaydigan intiluvchan va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishdan manfaatdor.
Web | Instagramm| Facebook | You Tube