Yangiliklar
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan "O'zbek-turkman biznes forumi" bo’lib o’tdi. Forum doirasida "Made in Uzbekistan" deb nomlangan O'zbekistonda ishlab chiqarilgan: sanoat, qishloq xo'jaligi hamda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada “Uzavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar ham faol ishtirok etishdi. O‘z navbatida, ko’rgazma doirasida «UzAuto Motors» AJ barcha avtomobillar qatorini namoyish etdi.
Tadbir doirasida qatnashchilar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi hamda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishishdi.
Telegram / Facebook / Instagram