Yangiliklar
UzAuto hamkorligida 2021-yilning 29-30 sentabr kunlari Toshkent shahrida "O'zbekiston: iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqbollari" xalqaro forumi bo’lib o’tadi.
Forum ishtirokchilari xalqaro ekspertlar ishtirokidagi iqtisodiyotning dolzarb segmentlariga bag’ishlangan ochiq muzokaralarda va maxsus virtual panel sessiyalariga ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Xalqaro forumda avtomobilsozlik sanoatidan “UzAuto Motors” Aj Bosh direktori Bu Inge Andersson va General Motors International Operations vitse-prezidenti Johnny Saldanha ishtirok etishadi.
Xalqaro forumda ishtirok etish uchun www.economic-forum.uz (http://www.economic-forum.uz/)sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz va qo’shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.