Yangiliklar
Ushbu tadbirda yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar, avtosalonlar, tuning studiyalar , avtomobil butlovchi qismlari hamda aksessuarlarini ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishmoqda.
Butun park boʻylab ekspozitsiya va stendlar joylashgan. Hammasi bo'lib yigirmata dislokatsiya koʻrsatilgan.
“UzAuto Motors” ekspozitsiyasi ko‘rgazma mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, yangi Chevrolet Tahoe va yangi Chevrolet Captiva ko'pchilikni qiziqtirdi.
Shuningdek, ko‘rgazma mehmonlari “UzAuto Motors”ning qo‘shimcha opsiyali avtomobillariga ham qiziqishdi.
Eko charm bilan qoplangan oʻrindiq va eshik, litiy disk va boshqa original opsiyalarga ega boʻlgan tuning qilingan Chevrolet Lacetti Red Line katta qizigʻish uygʻotdi.
Asosiy stendda koʻzgarma mehmonlari nafaqat o‘zlariga yoqqan avtomobil bilan tanishishlari, balki uni auktsion orqali ham sotib olishlari mumkin.
Yuzaga keladigan savollarga kompaniya vakillari javob berishadi. Ko‘rgazma 20-noyabrga qadar davom etadi. Kirish bepul. Keling, qiziqarli boʻladi.