Yangiliklar

Oʻzbekistonda yangilangan Chevrolet Traverse 2022
2022-05-20 07:58:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun yangilangan Chevrolet Traverse 2022 modelining xaridorlariga avtomobilning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Yangilangan Premium avtomobil yoqimli sayohatlar uchun qulay va eng ilg'or xavfsizlik xususiyatlariga ega bo'lganligi bilan oldingilaridan farq qiladi.

Traverse 3.6 litrli V6 dvigatel bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilg’i tejamkorligini ta’minlaydi. Yetti o’rindiqli avtomobil qulaylik uchun eng so’nggi funksiyalar bilan birga ko'ngilochar hamda xavfsizlik bo'yicha eng ilg'or texnologiyalarni taklif etadi. 

Rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium "Bose" dinamikli multimedia tizimiga ega. Xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli Traverse bilan yilning istalgan vaqtidagi har qanday safarda o'zingizni yanada ishonchli va erkin his qilasiz. 

Chevrolet Traverse 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:

–  Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol

 — avtomatik tormoz tizimi;

–  to'liq old va orqa diod faralar;

–  o'chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;

–  xavfdan ogohlantiruvchi o’rindiq;

– oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;

– harakatlanish qatorini saqlash;

– simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar

Yangilangan Chevrolet Traverse uchun shartnomani UzAuto Motors'ning quyida nomlari keltirilgan rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

– Nurafshon Autocentre

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri Birlik MFY, Toshkent yo’li ko’chasi. 

Telefon: (97) 705 02 22; (71)-203-30-20

– Drivers Village

Manzil: Toshkent shahri, Zangiota tumani, O’zgarish KFY, Kichik Xalqa Yo’li

Telefon: 371-200-70-70; 371-200-07-00

– Sergeli-Avtotexxizmat

Manzil: Sergeli tumani, Obihayot ko’chasi, 39.

Telefon: 78-147-74-77