Axborot xabari
Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillari go‘yoki xorijda sotilmagani sababli O‘zbekistonga qaytarilayotgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda.
UzAuto Motors mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini hamda vagonlardagi avtomobillar respublikamizdagi rasmiy dilerlik markazlariga yetkazib berish uchun jo‘natilganini ma’lum qiladi.
So‘nggi kunlarda e’lon qilingan chegirma va aksiyalar ortidan avtomobillarga talab oshdi. Natijada dilerlik markazlariga yetkazib beriladigan avtomobillar hajmi ham sezilarli darajada ko‘paydi. Mavjud avtotreylerlar yetarli bo‘lmagani sababli, avtomobillarni xaridorlarga tezroq yetkazish maqsadida temiryo‘l transporti xizmatidan foydalanildi.
Jamoatchilik vakillaridan tasdiqlanmagan xabar va taxminlarni rasmiy taklif sifatida talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz.
Avtomobil narxlari, chegirmalar oid ishonchli ma’lumotlar UzAuto Motors hamda Chevrolet’ning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinadi.