Axborot xabari
“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
XABARNOMA
Hurmatli aksiyadorlar!
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 3-sentabrdagi bayonnomalariga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 30-sentabr kuni 15:00 da o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2026-yil 24-sentabr holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reyestrga kiritilgan aksiyadorlar 2026-yil 30-sentabr kungi Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2025-yil uchun Biznes reja parametrlari bajarilishi bo‘yicha Jamiyat Bosh direktorining hisobotini eshitish.
3. Jamiyatning 2025-yil faoliyati natijalari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvi hisoboti va xulosasini ko‘rib chiqish.
4. Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha tuzilgan yillik hisobotini, shuningdek foyda va zararlarini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini taqsimlash, shuningdek dividend to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
6. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
7. Jamiyatning 2026 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashqi auditini o‘tkazish, shuningdek 2026-yilning 6 oyi davomida jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining oraliq auditini (interm audit) o‘tkazish yuzasidan auditorlik tashkilotini tanlash, shu bilan birga uning xizmatlari uchun to‘lovning eng ko‘p miqdorini belgilash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2026-yil 4-sentabr kunidan 2026-yil 29-sentabr kuniga qadar, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1729 va/yoki 1727#)
Jamiyat Kuzatuv kengashi.