Yangiliklar

XALQARO JENEVA AVTOSALON KO'RGAZMASI BIR YILGA QOLDIRILDI
2021-10-08 12:01:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

2022-yilda Jeneva (Shvetsariya)da bo’lib o’tadigan xalqaro avtosalon ko’rgazmasi 2023-yilga qoldirildi. Payshanba kuni rasmiy sayt orqali tashkilotchilar ushbu qaror sabablarini keltirib o’tishdi. Bayonotda aytilishicha:

«COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq muammolarning butun avtomobilsozlik sanoatiga ko’rsatgan ta’siri sababli, xalqaro avtosalon ko’rgazmasining doimiy komiteti 2023-yilga ko’chirishga majbur bo’lishdi. 

Tashkilotchilar tadbir bekor qilinishining asosiy sababi sifatida pandemiyani ko'rsatishmoqda. Bir tomondan, koronavirus sababli mamlakatlar o’rtasida aloqalar qiyinlashdi. Boshqa tomondan esa pandemiya tufayli yuzaga kelgan uzilishlar yarimo’tkazgich va chiplar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi. Ko’rgazma tashkilotchilari avtomobil ishlab chiqaruvchilar aynan mana shu muammoni birinchi navbatda hal qilishi kerak deb hisoblashadi. 

“Pandemiya holatining nazoratga olinmaganligi Xalqaro Jeneva avtosalon kabi keng miqyosli ko’rgazmani xavfga qo’ydi. Ammo biz bu qarorni qoldirish bilan emas, kechiktirish bilan ko’rib chiqamiz”, – deydi avtosalon doimiy komitet prezidenti Moris Turrettini.

Ma'lumot o'rnida, 1905-yilda birinchi Jeneva avtosalon ko’rgazmasi bo'lib o'tgan. 1923-yildan beri har yili o'tkaziladi, faqatgina 1940-1946 yillar bundan mustasno. 2019-yil 7-17 mart kunlari bo'lib o'tgan 89-Jeneva xalqaro avtomobil ko'rgazmasi hozirda eng oxirgi bo'ldi. 2020-yildan boshlab pandemiya tufayli ko’rgazma bekor qilingan.

Xalqaro Jeneva avtosalonhar yili o'tkaziladigan Yevropa A klassiga mansub yagona ko'rgazmadir. Jahonning yetakchi avtomobil brendlari yangi avtomobil taqdimotini o’tkazadigan asosiy joylardan biridir.