Yangiliklar
Xabaringiz bor, UzAuto O’zbekiston-Qozog’iston mintaqalararo biznes forumi doirasida avtomobilsozlik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan savdo-iqtisodiy shartnomalar imzolagandi.
Unga ko’ra, UzAuto Motors AJ Qozog’istonning Allur avtomobil zavodi quvvatlarida Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkonini beradi.
Ayni kunlarda, Qozog’iston Respublikasining "KELES DISTRIBUTION" TOO vakillari "Chevrolet Onix KZ" loyihasiga tayyorgarlikni ta'minlash maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurishdi.
Shu munosabat bilan, UzAuto Motors AJ tomonidan “Turkiy avtosanoat” loyihasi bo’yicha yaqindan hamkorlik shuningdek, Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi loyihalarga tayyorgarlikni ta’minlash maqsadida, Qozog’istonning "KELES DISTRIBUTION" ТОО vakillari bilan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda kafolat xizmati va texnik qo’llab quvvatlash jarayonlari bo'yicha UzAuto Motors kompaniyasining sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi xodimlari tomonidan o’quv-trening mashg’ulotlari o’tkazildi. Mashg'ulotlarda texnik xizmat ko’rsatish markazlarining rahbarlari, kafolat bo’yicha mutaxassislar, kompaniya dilerlik markazlari ishtirok etishdi.
Trening davomida distribyutorlik kompaniyasi vakillari ichki bozordagi dilerlarning faoliyati, kompaniya texnik markazi faoliyati, iste’molchilarga kafolatli xizmat ko’rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida “UzAuto Motors” va “СарыаркаАвтоПром” tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun mijozlarga sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish bo’yicha hamkorlikda treninglarni doimiy tarzda tashkil etishga kelishildi.
Kompaniya vakillari va dilerlik korxonalar o’rtasida mijozlarga xizmat ko’rsatishni yuqori darajada ta’minlash uchun bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o’tkaziladi. Bu esa, o’z navbatida mutaxassisga malaka oshirish bilan bir qatorda, tajriba va ko’nikmani almashishga imkon beradi.