Yarimoʼtkazgichlar

Yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi avtomobil ishlab chiqarilishini qisqartirdi
2021-08-03 10:35:09 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

Yarimo‘tkazgichlar bilan bog‘liq muammolar bir necha oydan buyon kuzatilmoqda. Tanqislik sababli yirik avtomobil konsernlari butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarishni qisqartirib, to‘xtatishyapti. Ommaviy sigmentli avtomobil ishlab chiqaruvchilarning barchasi mikrochiplar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishdi.

Buni  jahon avtogigantlari misolida ham ko‘rish mumkin. Misol uchun, birgina AvtoVAZning o‘zi iyul oyida ishlab chiqarishni bir necha marta to‘xtatgan.

www.Motor.ru saytining keltirishicha, General Motors pikaplar foydasiga krossoverlardan voz kechdi. Kompaniyaning asosiy mahsuloti pikaplar bo‘lganligi sababli, rahbariyat krossoverlarni ishlab chiqarilishini to‘xtatdi. Kompaniya vakillari buni, qiyin vaqtda  bozorning raqobatbardosh segmentlarida zararni kamaytirish uchun ijobiy yechim izlaganligi bilan izohlaydi.

Bundan oldin kompaniya pikap hamda krossoverlar dizaynini optimallashtirishga qaror qilgandi. 2021 yilda ishlab chiqarilgan bir nechta avtomobil modellari start-stop tizimi hamda smartfonni simsiz zaryadlash funksiyalarisiz ishlab chiqarilgan.