Yangiliklar

UzAuto Motors Ozarbayjonda distribyutorlar uchun trening o’tkazdi
2023-06-19 19:44:43 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, O’zbekiston, Qozog’iston va Ozarbayjon avtomobil sanoati Turkiy avtosanoat alyansi doirasida Ozarbayjonda UzAuto Motors avtomobillarini to'liq silkda (CKD) ishlab chiqarishni tashkil qildi. Bu esa o’z navbatida avtomobil sotish bilan birga ularga xizmat ko’rsatishni yaxshi yo’lga qo’yilishiga zarurat yaratadi.

 

Hozirgi sharoitda avtoservis korxonalarining ahamiyati sezilarli darajada oshib bormoqda. Avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish jarayonida axborot va kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish talab etiladi. Shuningdek, avtomobil modelining muntazam yangilanib borishi natijasida avtomobil servisidan yangi turdagi xizmat ko’rsatish ishlariga tezkor moslashuvchanlik qobiliyatini talab qiladi.  Ushbu omillarni inobatga olgan holda, UzAuto Motors AJ vakillari Ozarbayjonga ishchi tashrif bilan bordi.

Ishchi tashrif davomida UzAuto Motors AJ Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi xodimlari tomonidan diler va distribyuterlar uchun mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish hamda samarali savdoni yo’lga qo’yishga yordam beruvchi seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

 

Trening davomida distribyutorlik kompaniyasi vakillari uchun GM (Global Connct) Global tizimi to’g’risida, xususan Global kafolat boshqaruvi (GWM), Ehtiyot qismlar elektron katalogi (EPC), Texnik ma’lumotlar va diagnostika tizimi (GSI) to’g’risida batafsil ma’lumot beradigan taqdimotlar o’tkazildi. Shuningdek, ichki bozordagi dilerlarning faoliyati, kompaniya texnik markazi faoliyati, iste’molchilarga kafolatli xizmat ko’rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish bo’yicha tushuntirishlar olib borildi.

 

“Kompaniya vakillari va dilerlik korxonalar o’rtasida mijozlarga xizmat ko’rsatishni yuqori darajada ta’minlash uchun bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o’tkazib boriladi. Bu tendensiyaga aylanib ulgurdi. Yil avvalida, bunday treningni Qozog’istondagi hamkasblar bilan amalga oshirgandik. Bunday islohotlarning natijasi o’laroq, mutaxassisga malaka oshirish bilan bir qatorda, tajriba va ko’nikmani almashishga imkon beradi.”– deydi UzAuto Motors Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi direktori Nodira Xodjimatova.

O’quv-mashg’ulotlar so’nggida loyiha mualliflari ishtirokchilarga sertifikatlar topshirishdi.